10:55 / 08.08.2016
4942

Bosqinchilar Venesuela armiyasining 7 nafar gvardiyachi askarlarini o‘ldirdi

7-avgust uni Venesuela milliy bolivarchi gvardiyasining 7 nafar askarini jinoyatchilar to‘dasi o‘ldirib ketishdi. Jinoyatchilar, ularning qurollarini egallab olish maqsadida qotillik sodir etishgan. 

El Nacional nashri ma'lumotlariga ko‘ra, mudhish jinoyat Ansoategi va Monagas shtatlarini bog‘lovchi yo‘lda sodir etilgan. Jinoyatchilar ichida gvardiyachi askarlar bo‘lgan xavfsizlikni ta'minlash moduliga yaqinlashib, ularga qarata o‘q uzgan. 

Oqibatda uning ichidagi 7 kishi o‘ldirilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilayapti.

Top