20:31 / 08.08.2016
8819

Dunyoning eng nopunktual loukasterlari

Foto:airlines-inform.ru

Indonesia AirAsia aviakompaniyasi dunyodagi eng nopunktual loukaster, deb topildi. Fuqarolik aviatsiyasi parvozlarining monitoringi bilan shug‘ullanuvchi FlightStats kompaniyasi ma'lumotlari shundan dalolat beradi. 

Iyul oyi ma'lumotlariga ko‘ra, Malayziyaning AirAsia byudjyet tashuvchisining Indoneziya bo‘limi reyslarining 53,58 foizi 15 daqiqadan ortiq vaqtga kech qolib kelgan. 46,42 foiz samolyotlar esa vaqtida qo‘ngan. 

Iyul oyining eng nopunktual loukasterlari orasida ikkinchi o‘rinda Ispaniyaning Vueling Airlines'i qayd etilgan. Tashuvchining 52,78 foiz reyslari turli sabablarga ko‘ra ushlanib qolgan, 47,22 foizi esa ko‘zlangan maqsadga kech qolishlarsiz yetib kelgan. 

Uchlikni  50,40 foiz laynerlarining kechikishi bilan Turkiyaning Pegasus Airlines byudjyet aviakompaniyasi yopadi (49,60 foizi vaqtida kelgan). 

Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, eng punktual loukaster sifatida Yaponiyaning StarFler'i e'tirof etilgan. Tashuvchining 92,66 foiz reysi kechikishlarsiz amalga oshirilgan. Shuningdek, yetakchilar uchligida Braziliyaning Azul (91,87 foiz) va Chilining Sky Airline (89,49 foiz reyslar) loukasterlari nomlari keltirilgan.

 

Mavzuga oid
Top