11:17 / 08.08.2016
4065

Manchini «Inter»ni tark etdi, jamoa de Bur bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi

«Inter» bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘z lavozimini tark etdi.

Sky Sport Italia ma'lumotiga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlari davomidagi ketma-ket 4 mag‘lubiyat tufayli iste'foga chiqarilgan.

Bundan tashqari, Manchini va «Inter» rahbariyati orasida transfer siyosati borasida tushunmovchilik mavjud edi.

Milanliklar «Ayaks»ning sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu niderlandiyalik mutaxassisga 3 yillik shartnoma taklif etilgan.

Manba: Tribuna.uz

Top