09:02 / 08.08.2016
5169

Moskva viloyatida kikboksing bo‘yicha jahon chempioni jarohatlovchi quroldan yaralandi

Kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Suren Kalachan Moskva viloyatida jarohatlovchi quroldan yaralandi, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Ximki shahridagi ko‘chalardan birida sportchining farzandi boshqa bir odamning bolasi bilan talashib qolgan. Farzandlarining ortidan otalar ham janjallasha boshlagan. Janjal vaqtida kikbokschi jarohatlovchi to‘pponchadan yaralangan, uning raqibi ham tan jarohati olgan.    

"Solovinaya rosha ko‘chasidagi 10-uy yonida Moskva vaqti bilan soat 22:10 da ikki erkak orasida janjal chiqqan. Janjal vaqtida ulardan biri jarohatlovchi qurol qo‘llagan. Ikki fuqaro ham shifoxonaga politsiya xodimlari hamrohligida yetkazilgan. Ularga yordam ko‘rsatilgach, ular so‘roq qilinadilar", deb ma'lum qilindi politsiya matbuot xizmatida.

Top