17:07 / 08.08.2016
6745

Mourino matbuot anjumanida uxlab qolgan jurnalistga e'tibor qaratdi

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Superkubogi uchun “Lester”ga qarshi o‘tkazilgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida savollarga javob berish chog‘ida barchaning diqqatini uxlab qolgan jurnalistga qaratdi.

“Lester” o‘tgan mavsumni fantastik ruhda o‘tkazgan ajoyib jamoa. Chempionatda g‘olib chiqish va chiqmasliklaridan qat'i nazar bu jamoa yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazadi. Oxirgi qatorda xuddi farishtadek uxlab o‘tirgan jyentlmen esa bundan ham ajoyib", deydi Mourino.

7 avgust kuni "MYu" "Lester"ni 2:1 hisobida yengib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

"Qizil iblislar" APLning birinchi turida, 14 avgust kuni "Bornmut"ga qarshi maydonga tushadi.

Top