19:14 / 08.08.2016
5940

“Real” va “Sevilya”ning UYeFA Superkubogi bahsi uchun qaydnomalari ma'lum qilindi

Ispaniyaning “Real” va “Sevilya” klublari UYeFA Superkubogida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini ma'lum qildi.

Zidan Ronaldu, Kroos va Beylni jarohat sabab qaydnomaga kiritmagan. Benzema esa ushbu 20talikdan joy oldi. E'tiborlisi, Zidan o‘z o‘g‘lini ham qaydnomaga kiritgan. 
 

“Real” zayavkasi:
Darvozabonlar: Kasilya, Yanes, L. Zidan
Himoyachilar: Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Danilo
Yarim himoyachilar: X. Rodriges, Kazemiro, Kovachich, Modrich, Isko, Asensio, M. Lorente
Hujumchilar: Benzema, Morata, Mariano, Lukas Vaskes

“Sevilya” zayavkasi:
Darvozabonlar: Riko, Soriya, Soriano
Himoyachilar: Mariano, Karrishu, Rami, Eskudero, Kolodjyeychak, Merkado
Yarim himoyachilar: Kranevitter, Nzonzi, Franko Vaskes, Korrea, Kiyotake, Sarabiya, Vitolo, Konoplyanka
Hujumchilar: Ben Yyedder, Vetto.

Top