22:04 / 08.08.2016
14408

Rio-2016. Rustam To‘laganov chorak finalga chiqdi

Bugun O‘zbekiston vakili Rustam To‘laganov -91 kg vazn toifasida nimchorak final doirasida ringga chiqdi. Uning bu bosqichdagi raqibi ekvadorlik Hulio Sezar Kastilo bo‘ldi.

Hakamlar 3ta raundda ham O‘zbekiston vakilining ustunligini qayd etishdi (29:28, 30:27, 30:27).

Rustam To‘laganovning keyingi bosqichdagi raqibi fransiyalik Pol Omba Biongolo hamda Ozarbayjon vakili Abdullayev Abdulqodir o‘rtasidagi jangda aniqlandi. Bu jangda ozarbayjonlik bokschi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga o‘tdi.

Bu vaznda chorak final bahslari 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugun tunda yana bir o‘zbekistonlik bokschi, eng yengil vazn toifasidagi (49 kg.) Hasanboy Do‘smatov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Nimchorak finalda unga meksikalik Xoselito Velaskes raqiblik qiladi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Top