«Leo DiKaprioning egizagi Olimpiadada qatnashmoqda», – deyiladi xabarda. «Ko‘rinishidan Leo DiKaprio rasman oltin medal uchun kurashmoqda, men yana bitta «Oskar» haqida so‘z yuritayotganim yo‘q», – deb yozadi maqola muallifi.
Kamondan o‘q uzish musobaqasida jamoasiga kumush medalni olib bergan Ellisonni internet foydalanuvchilari mashhur aktyorning qiyofadoshi sifatida muhokama etishgan.
DiKaprioning aktyorlik mahoratini e'tiborga olgan ko‘pchilik Ellisonni aktyorning o‘zi deb taxmin qilishgan va DiKaprio – tarixdagi kinoakademiyasi va olimpiya medalini olgan ilk kishi bo‘lganini aytishgan.
2016-yil boshlarida DiKaprioning shvetsiyalik qiyofadoshi model biznesidagi faoliyatini boshlagani xabar qilingan edi.







