19:19 / 08.08.2016
4530

"Tolibon" Pokistondagi shifoxona yaqinida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

"Tolibon"ning bo‘limlaridan biri hisoblanuvchi "Jamoat-ur-Ahror" Pokistonning Kvetta shahrida ro‘y bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 93 kishi halok bo‘lgan, 50dan ortiq kishi jarohatlangan.

"Jamoat-ar-Ahror" bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan va hujumlar uyushtirishda davom etishi haqida ma'lum qilgan.

Terakt Kvettada Bilujiston Advokatlar uyushmasining prezidenti Bilol Anvar Kashiga nisbatan suiqasd uyushtirilganidan so‘ng yuz berdi. Politsiya va qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, portlash Kashi shifoxonaga yetkazilganidan so‘ng yuz berdi. Kashi keyinroq olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi.

Reuters agentligining aniqlik kiritishicha, bomba ishga tushganda shifoxona binosida Kashini ziyorat qilish uchun kelgan 50 dan ortiq kishi, jumladan, huquqshunos va jurnalistlar bo‘lgan.

Top