02:28 / 08.08.2016
14379

O‘zbekistonlik bokschi Shahram Giyasov 1/8 finalga yo‘l oldi

O‘z faoliyatida birinchi marta Olimpiadada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram Giyasov 69 kg gacha vazn toifasida dastlabki saralash bosqichida ispaniyalik Yuba Sissokoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Giyasov ringdagi ancha keskin harakatlari bilan raqibini dog‘da qoldirib, musobaqalarning 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Top