12:08 / 08.08.2016
7751

Jokovich: Bu hayotimdagi eng og‘ir mag‘lubiyatlardan biri bo‘ldi

Rio-de-Janeyro olimpiadasida birinchi davradayoq Huan Martin del Potroga mag‘lub bo‘lib (6:7, 6:7) turnirni tark etgan Novak Jokovich bu mag‘lubiyatiga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Del Potro yaxshiroq o‘ynadi va haqli ravishda g‘alaba qozondi. Uni tabriklayman. Albatta, men turnirni bunchalar erta tark etayotganimdan juda xafaman. Boshqa tomondan esa do‘stim jarohatlarni yengib, turnirda ishtirokini davom ettirayotganidan ham xursandman.

Shubha yo‘qki, bu mening hayotimdagi eng og‘ir mag‘lubiyatlardan biri bo‘ldi. Buni qabul qilish qiyin. Ayniqsa hozir. Jarohat - yangi. Bu mening birinchi mag‘lubiyatim emas va oxirgisi ham bo‘lmaydi. Olimpiya o‘yinlari - butunlay boshqa musobaqa.

Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashimi? Men ularga minnatdorchiligimni qay yo‘l bilan izhor etishni bilmayapman. Men xuddi shu yurtda tug‘ilgandek his qilayapman o‘zimni. Men o‘zimni braziliyalik deb his qildim. Bizning ,5 soatlik kurashimiz muxlislarga yoqqan bo‘lsa mamnunman", - degan Jokovich.

Manba: Tribuna.uz

Top