08:44 / 09.08.2016
5780

Alisher Usmonov rossiyalik qilichbozlarga qo‘shimcha doping-nazorat tashkillashtirdi

Foto: RIA Novosti

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadadan oldin Rossiyaning qilichbozlik terma jamoasi a'zolariga qo‘shimcha doping-nazorat tashkillashtirgan. Unda barcha qilichbozlar ishtirok etdi va hammasi "toza" chiqdi, deb aytdi Riodagi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan shamshirchi Yana Yegoryan.

8 avgustda Yegoryan shamshirchilar musobaqasining finalida o‘zining jamoadoshi Sofya Velikaya ustidan g‘alaba qozondi. Rossiyalik sportchilar Rossiya terma jamoasiga oltin va kumush medallar keltirdilar.   

"Usmonov Olimpiya o‘yinlaridan oldin bizga qo‘shimcha doping-nazorat tashkillashtirdi, unda barcha sportchilar ishtirok etdilar va "toza" chiqdilar. Boz ustiga, qilichbozlik kimdir nimadir qabul qiladigan sport turi emas", deb aytdi Yegoryan jurnalistlarga.

Top