20:02 / 09.08.2016
5890

Britaniya harbiy-havo kuchlarining vertolyoti Uels tog‘larida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Buyuk Britaniya kirollik harbiy-havo kuchlarining vertolyoti Uelsning tog‘li hududida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Shimoliy Uels politsiyasida ma'lum qilinishicha, favqulodda xizmatlar Uelsning eng baland nuqtasi hisoblanadigan Snoudon tog‘i yonidagi Aran cho‘qqisi yonida yuz bergan voqea joyiga yetib kelgan. 

Ta'kidlanishicha, Snoudon tog‘i yonida osmonga qora tutun ko‘tarilgan, chunki vertolyot qo‘ngandan keyin yonib ketgan. Vertolyotning favqulodda qo‘nishiga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida 4 kishi bo‘lgan, ularning barchasi tirik qolgan.

Mavzuga oid
Top