15:07 / 09.08.2016
3691

«Manchester Siti» Stounzning transferi haqida e'lon qildi

«Manchester Siti» «Everton»dan himoyachi Jon Stounzni sotib olgani haqida rasman e'lon qildi.

Angliyalik 22 yoshli futbolchi bilan 6 yillik shartnoma tuzilgan.

U jamoada 24 raqami ostida harakatlanadi.

Tomonlar transferning moliyaviy jihatlarini oshkor etishmagan. Bundan oldingi xabarlarda futbolchining transferi uchun 47,5 mln funt to‘lanishi haqida aytilgandi.

Biroz oldinroq jamoa ushbu futbolchini YeChL uchun zayavkaga kiritgani haqida xabar berildi.

Bungacha manchesterliklar jamoasi yozgi transferlarda to‘rtta jiddiy xaridni amalga oshirgandi. «Selta»dan Nolito (13,8 mln funt), «Borussiya»dan Gundo‘g‘an (21 mln funt), «Shalke»dan Leroy Sane (37 mln funt) va «Palmeyras»dan Gabriel Jyezus sotib olingan.

Top