00:11 / 09.08.2016
5185

Mutaxassis parolni tez-tez o‘zgartirish xavfsizlikni oshirishi haqidagi tasdiqni inkor qildi

Keng tarqalgan fikrga ko‘ra parolni tez-tez o‘zgartirish yuqori xavfsizlik darajasini ta'minlamay, balki uning buzib kirilishi xavfini oshiradi. Bu haqda AQSh federal savdo komissiyasining texnologiyalar bo‘yicha mutaxassisi Lori Kranorga iqtibos keltirgan holda Business Insider ma'lum qildi. 

Mutaxassis ko‘plab kompaniyalar o‘z xodimlaridan parollarini bir oyda bir martaga yaqin o‘zgartirib turishni so‘raydi. Kranorning tushuntirishicha, parolning o‘zgartirilishi xavfsizlik darajasini hech qanaqasiga oshirmaydi, aksincha, xodimlarni topish oson bo‘lgan kombinatsiyalardan foydalanishlariga majbur qiladi. 

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Bryus Shnayyerning ta'kidlashicha, bir necha yil davomida bir nechta kompaniyalar bilan xavfsizlikni oshirish haqidagi bu tasdiq allaqachon yo‘qqa chiqarilgani haqida tushuntirish ishlari olib borilganiga qaramasdan, bu kompaniyalar ushbu dalilni e'tiborga olmay kelmoqdalar.

Top