Rio-de-Janeyro Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha 81 kg.gacha bo‘lgan vaznda ishtirok etayotgan Shahzodbek Sobirov 1/16 final bosqichida g‘alabani rasmiylashtirdi.
U Fiji orollaridan tashrif buyurgan Josateki Nauluni «ippon» bahosi bilan mag‘lub etdi. Qayd etish kerakki, bahs boshida Naulu «yuko» ishlashga muvaffaq bo‘lgandi.
O‘zbekistonlik sportchiga keyingi bosqichda amerikalik Traves Stivens raqiblik qiladi.