16:29 / 10.08.2016
22577

Avazbek Xodjimetov O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning yangi matbuot kotibi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi etib Avazbek Xodjimetov tayinlandi", — deb xabar qilingan O‘zbekiston TIVning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Xabarda aytilishicha, bu vaqtga qadar Xodjimetov Respublika tashqi ishlar vazirligi tuzilmalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlov haqida boshqa qo‘shimcha ma'lumotlar yo‘q.

Top