10:41 / 10.08.2016
11881

Google xodimi zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi

Google kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisi xodimasi, 27 yoshli Vanessa Markotte tonggi yugurish vaqtida o‘ldirib ketildi. Bu haqda The Boston Globe xabar bergan.

Qotillik 7 avgust kuni ro‘y bergan. O‘shanda Vanessa Markotte Massachusets shtatining Prinston shahrida, onasining uyida tunagan edi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, dam olish kuni Markotte o‘rmonga yugurgani ketadi. Oradan bir necha soat o‘tsa-da qaytmagan Vanessaning yaqinlari politsiyaga murojaat qiladi.

O‘sha kuni kechki payt o‘rmondan Markottening jasadi topilgan.

The Sun manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, ayolning tanasidan uni jinsiy zo‘rlash alomatlari topilgan. Bundan tashqari, politsiya murdaning qo‘llaridan kuygan izni aniqlagan.

Marhumning ota-onasi voqea yuzasidan izoh berishni istamadi.

Top