21:52 / 10.08.2016
19200

Xitoy markaziy banki butun dunyoni yuanga ko‘mib tashlamoqchi

Xitoy Xalq banki boshqa davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirib va moliyaviy infratuzilmani takomillashtirib, yuanning dunyoda ishlatilishini faolroq qo‘llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda Xalq banki hujjatlariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg xabar bermoqda. 

Markaziy bank shuningdek yuandagi turli loyihalarni moliyalashtirish uchun kanallarni kengaytirish va o‘z pul birligini jahon zaxira valyutasi sifatida qo‘llanishini oshirishni rejalashtirmoqda.

19 iyulda Xitoy Xalq banki milliy valyutaning o‘rtacha ayirboshlash kursini bir dollarga 6,6961 yuan darajasida o‘rnatdi. Bu 2010 yil 29 oktabrdan beri eng minimal kursdir.

Joriy yilning iyunida yuanning butun dunyo bo‘ylab amalga oshirilgan valyuta operatsiyalaridagi ulushi 1,72 foizga tushib ketdi, bu esa 2014 yildan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

Top