11:35 / 10.08.2016
6677

«Real»ning g‘alabasi Superkubok uchun bahslarda YeChL g‘oliblarining Yevropa Ligasi g‘oliblariga qarshi ustunligini oshirdi

«Real» UYeFA Superkubogi uchun bahsda «Sevilya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Norvegiyaning Tronxeym shahridagi "Lerkendal" stadionida kechgan bahs madridliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu vaqtgacha YeChL g‘oliblari va Yevropa Ligasi (avvalgi UYeFA Kubogi - tahr.) g‘oliblari o‘rtasida Superkubok uchun 16 marta bahs o‘tkazilgandi. Endilikda YeChL g‘oliblari tomoni bu qarama-qarshilikda 10:7 hisobida ustunlik qilmoqda. O‘tgan yili ham YeChL g‘olibi Yevropa Ligasi g‘olibini yenggandi, o‘shanda «Barselona» «Sevilya»ni yenggandi (5:4).

«Real» o‘z tarixida uchinchi marta UYeFA Superkubogiga ega chiqdi. «Barselona» va «Milan»dan beshtadan g‘oliblik bor. «Sevilya» bu kubokni faqat bir marta o‘ziniki qilgan.

Manba: Tribuna.uz

Top