22:34 / 10.08.2016
18753

Rio-2016: o‘zbekistonlik bokschi Rustam To‘laganov yarim finalga yo‘l oldi

Foto: Olympic.uz

Riodagi Olimpiadaning boks musobaqalarida 91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Rustam To‘laganov chorak final bahsida ozarbayjonlik Abduqodir Abdullayevni hakamlarning bir ovozlik qarori bilan ochkolar bo‘yicha yutdi (29:28). 

Endi To‘laganov yarim finalda boshqa chorak final bahsida italiyalik Klemente Russoni mag‘lub etgan rossiyalik bokschi Yevgeniy Tishchenko bilan bellashadi.

To‘laganovning keyingi natijalaridan qat'iy nazar, u terma jamoamizga kamida bronza medalini keltirdi. Biz hamyurtimizga keyingi bosqichlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolamiz.

Top