Kuchli dengiz bo‘roni Shotlandiya sohillari yaqiniga o‘rnatilgan Transocean Winner neft qazib olish platformasini joyidan ko‘chirib yubordi, deb xabar qilmoqda «Bi-bi-si».
Hodisa, 8-avgustga o‘tar kechasi Shotlandiyaning Lyuis oroli sohilbo‘yi chegarasida sodir bo‘lgan. Dengiz bo‘roni vaqtida neft platformasi buksirdan uzilib ketgan va mahalliy qishloq yaqinidagi sayozlikda turib qolgan. Ushbu voqeada hech kim jabrlanmagan.