12:14 / 11.08.2016
6483

Oltoyda sayyohlar guruhi tosh ko‘chkisi ostida qolishdi

Oltoyda sakkiz kishilik sayyohlar guruhi tosh ko‘chkisi ostida qolishdi, ulardan biri halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar uning jasadini ko‘chkilar ostidan qidirishmoqda. Bu haqda Rossiya FVV Sibir mintaqasi markazining matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Voqea Oltoy Respublikasining janubidagi Beluxa tog‘larida yuz bergan. Ushbu tog‘lar Jazator aholi punktidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. Jarohat olgan sayyohlardan biri vertolyot yordamida evakuatsiya qilingan.

Tashkilotning xabar berishicha, qolgan sayyohlar bosim ostidagi holatda turishibdi va o‘z yo‘nalishlariga qaytishga majbur bo‘lishmoqda.

Top