Majit Karimov boş vazirning örinbosari, Yoşlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Hukumat portali ma'lumotlari guvohlik bermoqda.
Texnika fanlari doktori, professor Madjit Karimov (1956 yil tuğilgan) bunga qadar Toşkent davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat körsatgan.
Mazkur OTM sayti ma'lumotlariga köra, u Toşkent politexnika institutining «Avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari fakulteti"ni tamomlagan (1979 yil). Turli yillarda TDTU kompyuter texnologiyalar fakulteti dekani, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori va rektori lavozimlarida faoliyat körsatgan.
Farhod Rizayev Toşkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar mahkamasining yoşlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari böyiça Axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, may oyida boş vazirning yoşlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari böyiça örinbosari Bahodir Hodiyev Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlangan edi.












