Fan-texnika | 17:26 / 12.08.2016
14618
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidentining yangi mashinasi sinovdan o‘tkazildi

General Motors konserni o‘zining Michigandagi poligonida Cadillac prototipini sinovdan o‘tkazayotganda olingan suratlar Motor1 nashrida chop etildi. 

Joriy limuzin kabi yangi mashina ham og‘ir pikap shaklida yaratiladi. Limuzinning tashqi ko‘rinishi "Kadillak"ning so‘nggi modellari -  CT6 flagman sedani va XT5 krossoveri  uslubida bajariladi.

Avtomobil AQSh yangi prezidentining inaguratsiyasiga (2017 yilning 20 yanvari) qadar tayyor bo‘lishi kerak. Saylovlar 2016 yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi, prezident lavozimini egallash uchun Hillari Klinton va Donald Tramplar bellashishadi. 

Hozirda foydalanilayotgan Cadillac The Beast  2009 yildan beri prezidentning xizmatida. Uni dunyodagi eng himoyalangan mashina, deb atashadi: taxminlarga ko‘ra, avtomobilda maxfiy himoya texnologiyalari ko‘p, sayohatlar chog‘ida esa uni yigirmadan ortiq mashina va mototsikllar kuzatib boradi.