Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun tarixi. 165 yil oldin Isaak Zinger o‘z tikuv mashinasi uchun patent olgandi
165 yil oldin amerikalik tikuvchi Isaak Merrit Zinger o‘z tikuv mashinasiga patent olgandi.
Tikuv mashinalari Zingergacha ham bo‘lgan ammo ular o‘ta noqulay edi. Zinger esa qurilmaga kardinal o‘zgarishlar kiritdi va qurilmani mukammallashtirdi. U yaratgan mashinada igna vertikal harakatlanar, tepki bilan bostirib qo‘yilgan gazlama esa gorizontal platformada ishlardi. IXX asr uchun bu inqilobiy kashfiyot edi va bu dunyoni o‘zgartirgan kashfiyotlardan biri o‘laroq qabul qilingan.
1851 yilda Zinger 40 dollar evaziga AQShda o‘z ixtirosi uchun patent olgan va hamkori Edvard Klark bilan I.M. Singer Company firmasini ochgandi. 4 yil o‘tib Parijdagi jahon ko‘rgazmasida Singer tikuv mashinasi ilk mukofotini qo‘lga kiritadi. Shundan keyin bu qurilma to‘xtovsiz sotilib keta boshlaydi. Zinger ixtirosini ommabop qilib ixchamlashtiradi va narxni 100 dollardan 10 dollargacha pasaytiradi.
Mavzuga oid
19:21 / 14.11.2025
Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichi va kurer bo‘lib ishlashga qo‘yilgan taqiq uzaytiriladi
12:34 / 03.11.2025
Moskvada migrantlar patenti narxi ko‘tariladi
19:20 / 30.10.2025
Rossiyaning bir qator hududlarida 2026 yilda migrantlar uchun patent qimmatlaydi
20:35 / 21.10.2025