18:56 / 12.08.2016
6618

Microsoft "dunyodagi eng sokin uy"ni qurdi

Business Insider muharriri Mett Vaynberger sayyoramizdagi eng sokin joy — Microsoft'ning ovozni ichkaridan yutuvchi  aks-sadosiz xonasini ziyorat qilib, Windows ishlab chiqaruvchilarining loyihasidan hayratga tushdi. "Men dunyodagi eng sokin xonada 5 daqiqa vaqt o‘tkazdim va aqldan ozishimga ozgina qoldi", — deydi o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashib jurnalist.

Sirli mo‘jazgina xona Microsoft kampusidagi Building 88 tajribalar laboratoriyasi binosining ichki qismida joylashgan. O‘tgan yilning so‘ngida u Ginnesc rekordlari kitobiga sayyoradagi "eng sokin" joy deb kiritilgan. 

Xona ichidagi shovqin darajasi rekord ko‘rsatkichni qayd etadi –20,35 detsibel. Microsoft ta'kidlashicha, bir-biriga urilib harakatlanadigan havo zarrachalari tufayli xonani yanada sokin qilishning imkoni yo‘q.  Vaynberger so‘zlariga ko‘ra, tashqi shovqindan butunlay izolatsiya qilingan xonada gapirish juda ham qiyin: "siz o‘zingizni xuddi yostiq ostida baqirayotgandek his qilasiz".

Microsoft o‘z mahsulotlarini takomillashtirish uchun audiolaboratoriyadan foydalanadi. Misol uchun, foydalanuvchi boshqa xona burchagidan Windows-qurilmani ishlatmoqchi bo‘lganida mazkur laboratoriya Cortana ovoz yordamchisining tinglash qobiliyatini kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, Surface-planshet va noutbuklar uchun ilg‘ab bo‘lmas signallarni sezishga o‘rgatadi.

Top