07:38 / 12.08.2016
5180

OAV: Rossiya aloqa operatorlari messenjerlarni nazorat qiluvchi qonun loyihasini tayyorlamoqdalar

Foto: news.sputnik.ru

Tarkibiga Rossiyaning yirik aloqa operatorlari kiruvchi Media-kommunikatsiya ittifoqi messenjerlarni nazorat qiluvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda matbuotga iqtibos keltirgan holda RNS xabar bermoqda.   

Operatorlar aloqa va OAV haqidagi qonunlarga tuzatishlar tayyorlashdi. Bu tuzatishlar "internetda axborot tarqatishni tashkillashtiruvchi" istalgan kompaniya foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, ularni identifikatsiya qilishi kerakligini anglatadi. Bundan tashqari, ular Rossiya qonunchiligi talablariga zid bo‘lgan axborotni saqlovchi xabar va maqolalarni to‘sishlari kerak bo‘ladi.

Axborot demokratiyasi fondi prezidenti Ilya Massux ushbu qonun loyihasiga izoh berib, messenjerlarni nazorat qilish uchun barcha talablar deputat Irina Yarovaya va senator Viktor Ozerovning qonunlarga aksilterrorchilik tuzatishlari paketida borligini ta'kidlab o‘tdi. Biroq uning aytishicha, operatorlar messenjerlarda yozishmalarni shifrlovchi kalitlarga ega emaslar, shuning uchun kontentning mazmunini nazorat qilish va jumladan noqonuniy kontentni aniqlash muammo bo‘ladi.   

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qonun loyihasi kuzda ko‘rib chiqiladi.

Top