Sport | 20:39 / 12.08.2016
40413
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, boks. Hasanboy Do‘stmatov amerikalik raqibini yengib, finalga chiqdi

Rio-2016 olimpiadasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) yarim final jangini amerikalik Fernandes Niko Anxelga qarshi o‘tkazdi. 

Bu bahsda O‘zbekiston vakili total ustunlik qildi va hakamlar 3 raundda ham uning g‘alabasini qayd etdi. Yakuniy hisob — 3:0 (30:27, 29:28, 29:28).

Endi Do‘stmatovning finaldagi raqibi kolumbiyalik Yurberxen Martinez bo‘ladi. Martines yarim finalda ushbu vazn toifasida yetakchi bo‘lgan kubalik Yoaxnis Arxilagosni mag‘lub etdi.

Final jangi 14 avgust kuni soat 22:15da boshlanadi.