21:18 / 12.08.2016
11194

Rio-2016. Xurshid Tojiboyev chorak finalda Robson Konseysaoga yutqazdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan 2016 yilgi Yozgi Olimpiadaning boks bo‘yicha musobaqalari chorak finalida -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboyev mezbonlar vakili Robson Konseysanga qarshi ringga ko‘tarildi.

Bu bellashuv Braziliya vakili foydasiga hal bo‘ldi (27:30, 28:29, 27:30) va yana bir o‘zbekistonlik bokschi turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Xurshid Tojiboyev turnirga 1/16 finaldan qo‘shilgan bo‘lib, avvaliga qatarlik Hoqon Ershekerni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. 1/8 finalda esa u britaniyalik Jozef Kordinani yenggandi.

Top