Jahon | 01:17 / 12.08.2016
8327
1 daqiqa o‘qiladi

Tailanddagi kurort shahrida bombalar portlatildi

11 avgustda Tailanddagi Xuaxin kurort shahrida birin-ketin ikkita bomba portlatildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan. Ular orasida xorijiy sayyohlar ham bor. Qurbon tailandlik ayol ekani ma'lum qilingan.

Bomba gultuvaklarda yashirilgan bo‘lgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bombalar masofadan turib mobil telefonlar yordamida portlatilgan.

Voqea joyidan olingan suratlarda portlashlar savdo rastalari oldida sodir etilganini ko‘rish mumkin.

Xuaxin Bangkokdan 200 km uzoqlikda joylashgan va mamlakatning eng yoshi ulug‘ kurortlaridan hisoblanadi.

Bu portlashlar mamlakatda kun davomida amalga oshirilgan yagona portlashlar bo‘lmadi. Ertalab qirollikning janubidagi Trang shahridagi bozorda ham bomba portlatilgandi. Portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 7 kishi jarohat olgan. Ularning barchasi bozor xodimlari bo‘lgan.