20:04 / 13.08.2016
6781

Ikki nafar eronlik sportchi Olimpiya qishlog‘ida tunab ketildi

Eronlik yengil atletikachilar Ehson Haddodiy va Hasan Taftyon Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘ida tunab ketildilar. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi ma'lum qildi.   

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Haddodiydan ming dollar, Taftyondan 2 ming dollar o‘g‘rilab ketilgan. Sportchilar o‘g‘rilikni 13 avgust ertalab musobaqalardan qaytganlaridan keyin aniqlashgan.

Haddodiy diskni uloqtirish bo‘yicha 2012 yilgi London Olimpiadasining kumush medali sohibi hisoblanadi. U yengil atletika bo‘yicha Eron tarixida birinchi medal yutgan sportchi hisoblanadi. Taftyon Rioda 100 metrga yugurishda ishtirok etadi.

Top