19:58 / 13.08.2016
5332

Nissan eng kichik modelini avtopilot bilan jihozlamoqchi

Foto:motor.ru

Nissan avtomobilsozlik kompaniyasi 2026 yilgacha o‘zining kichik o‘lchamli va arzon modeli Micra’ni ProPilot avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlamoqchi. Bu haqda kompaniyaning haydovchisiz mashinalarni ishlab chiqish bo‘limi rahbarlaridan biri Styuart Kallegari ma'lum qildi.   

"Ayni vaqtda V-segmentdagi ko‘pchilik avtomobillar mexanik uzatmalar qutisi bilan buyurtiriladi. Biroq fikrimizcha, vaqt o‘tishi bilan bu tendensiya o‘zgaradi va bu bizga kichik mashinalar uchun ProPilot tizimini taklif qilishimizga imkon beradi", deb aytdi Kallegari.

Birinchi avloddagi ProPilot tizimi Serena minivenida ilk marta qo‘llangan. Funktsiya oldinda ketayotgan mashinalar va yo‘ldagi chiziqlarni kuzatib boruvchi kamera yordamida ishlaydi. Rul boshqaruvi, akselerator va tormozga javob beruvchi avtopilot 30 km/soatdan 100 km/soatgacha tezlik oralig‘ida ishlaydi.

2017 yildan ProPilot tizimi bilan Qashqai krossoverining yevropacha varianti jihozlanadi. 2018 yilda uning ikkinchi avlodi paydo bo‘ladi, u evaziga avtomobillar harakat polosalarini mustaqil o‘zgartira oladilar. 2020 yilda yaponiyaliklar 3.0 versiyasidagi ProPilot tizimini tayyorlashadi, u shahar trafigida haydovchisiz harakatlanishga imkon beradi.

2020 yilgacha Renault-Nissan alyansi haydovchisiz boshqaruv funksiyasiga ega bo‘ladigan kamida 10 ta avtomobilni seriyali tarzda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Top