Poroshenko Rossiya bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden bilan telefon orqali muloqotida rasmiy Kiyev Moskva bilan munosabatlarida keskinlikning kuchayishini xohlamasligini bildirgan. Bu haqda, Ukraina davlat rahbarining saytida ma'lum qilingan.
U shuningdek, Moskvaning ayblovlarini "asossiz" deb atagan.
Bundan tashqari, tomonlar Minsk kelishuvlarining bajarilishi muhimligini ta'kidlashgan. Poroshenko va Bayden ham normand to‘rtligi shaklida muzokaralarni davom ettirish zarurligini uqdirishgan.
10-avgust kuni Rossiya FXX Qrimda qo‘poruvchiliklarning oldi olingani, uni Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi tashkil etgani haqida ma'lum qilgan edi. Vladimir Putin esa, bunday sharoitda "normand shaklida" uchrashish foydasiz ekanini aytgandi.