Jahon | 15:59 / 13.08.2016
15453
1 daqiqa o‘qiladi

Sheremetevo aeroportida yo‘lovchining hazili “zil”ga aylandi

Moskvaning Sheremetevo aeroportida jomadonida bomba borligini aytib, hazillashgan yo‘lovchi reysdan ushlab qolindi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi IIV Markaziy federal okrug bo‘yicha transport boshqarmasi matbuot xizmatiga tayangan holda. 

«Sheremetevo aeroportining D terminalidagi introskop operatori jomadonlardan birida shubhali narsani aniqlagan. Xavfsizlik xizmati xodimining savoliga, jomadon egasi trotil olib ketayotganini aytgan. Tabiiyki, voqea joyiga chaqirilgan politsiya xodimlari erkak kishini navbatchi qismga olib borishgan», — deyiladi xabarda.

Keyinchalik aniqlanishicha, yo‘lovchining yuklari orasida portlovchi modda topilmagan. U, huquq posbonlariga uzoq parvozdan so‘ng charchaganini aytgan. 

Hozirda, unga nisbatan ma'muriy javobgarlik qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.