10:43 / 13.08.2016
16257

O‘zbekistonda ilk bor yoshlar qonun qabul qilish jarayonida ishtirok etishdi

Joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

“Istqilol farzandlari” yoshlar festivalining 60 nafar iqtidorli va turli sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlari ham ushbu muhim qonun muhokamasida va uning qabul qilinish jarayonida ishtirok etdi.

Qonunning yangi tahririda moddalarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jami 34 moddaning har bir bandi birma-bir ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

Yurtimizdagi yosh oilalarga imtiyozlar berish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini kafolatlash, iste'dodli yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qonun ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Barcha yoshlar qonun qabul qilinishini davomiy olqishlar bilan kutib olishdi.

 

Top