14:46 / 14.08.2016
4297

Arsen Venger: «Arsenal»ga yangi hujumchi kerak emas»

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger transferlarni shunchaki tarkibni to‘ldirish niyatida amalga oshirmasligini aytdi. U klubga yangi futbolchilar yetishmayotgani borasidagi tanqidlarga javob qaytargan.

«Tarkiga doimiy ravishda yangi futbolchilarni jalb qilish bilangina g‘alabalarga erishib bo‘lmaydi. G‘alaba qachon keladi? Qachonki jamoa sifatli o‘yin ko‘rsatsa. Biz shu masala ustida shug‘ullanishimiz kerak.

Shu bilan birga zamonaviy futbolda bundan qutilib bo‘lmaydi, doimo yangi futbolchilarni talab qilishadi. Talablarini bajarsangu, sovrin yuta olmasang, sen qurayotgan barcha ishni barbod qila boshlashaydi. Axir g‘alaba uchun yo‘l bunday bo‘lmaydi.

Bizga yana bir markaziy hujumchi kerakmi? Axir bizda Sanches bor. Yana  Uolkott ham», – deya Vengerning so‘zlarini keltirgan The Guardian.

Qayd etish kerakki, londonliklar jamoasi yozgi transferlar arafasida Vardini sotib olishga yaqin kelgandi, lekin futbolchi «Lester»ni tark etishni istamadi. «Arsenal» shuningdek, Higuain va Lyakazett uchun urinishlar besamar bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Top