22:49 / 14.08.2016
6347

Keniyalik Sumgong Riodagi marafoncha yugurish g‘olibi bo‘ldi

Foto:eurosport.ru

Keniya terma jamoasi vakilasi Jyemima Sumgong Riodagi Olimpiadada marafoncha yugurishda oltin medal sohibasi bo‘ldi.  

Keniyalik marafonchi marraga 2 soat 24 daqiqa 4 soniyada yetib keldi. U o‘zidan keyin kelgan bahraynlik sportchi Yunis Jyepkirui Kirvuni 9 soniya ortda qoldirdi.

Bronza medalini efiopiyalik Mare Dibaba qo‘lga kiritdi, u Sumgongga 26 soniya yutqazdi.

Sumgong o‘z vataniga Riodagi birinchi oltin medalni keltirdi, bungacha keniyalik sportchilar erkaklar va ayollar o‘rtasida 10 kilometrga yugurishda ikkita kumush medalni qo‘lga kiritishgandi.

Joriy yilda Sumgong shuningdek nufuzli London marafonida ham zafar quchgandi.

Top