19:50 / 15.08.2016
8687

2016 yil yoz fasli Hollivud uchun eng muvaffaqiyatsizlaridan biri bo‘ldi

Hollivud filmlarning dunyo bo‘yicha kassa yig‘imlari 2016 yil yoz fasli Hollivud uchun uzoq vaqtdan beri eng muvaffaqiyatsizlaridan biri ekanligini ko‘rsatdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Ayni vaqtda taxminan o‘tgan yildagidek miqdorda xit filmlar chiqqan, biroq shu bilan birga undan ham ko‘proq muvaffaqiyatsiz va "o‘rtamiyona" filmlar bo‘lgan. Misol uchun, "Oppoqoy va ovchi-2", "Nindzya toshbaqalar-2", "Mustaqillik kuni: tiklanish", "Tarzan. Afsona" va "Arvoh ovchilari" filmlari kinostudiyalarning ishonchini oqlay olmagan. 

Nashrning yozishicha, ko‘plab filmlarning yaratilishi uchun 100 mln dollardan ko‘proq, ba'zilariga esa deyarli 200 mln dollar sarflangan. 2016 yilda 15 ta "yirik byudjyetli muvaffaqiyatsiz filmlar" bo‘lgan, 2015 yilda esa bunday filmlar 8 ta bo‘lgandi. 

Shunga qaramay, ComScore ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh va jahonning 10 ta yetakchi bozorida filmlardan olinadigan kassa yig‘imlari 1 foizga oshib, 18 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.

Top