Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:43 / 15.08.2016
6362
1 daqiqa o‘qiladi
AQShning Kobuldagi elchixonasi yonida portlash amalga oshirildi
Foto: AP
AQShning Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasi biosi yaqinida portlash sodir etildi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi voqea guvohlarining so‘zlariga asoslangan holda. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.
So‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat birmuncha keskinlashgan. Mamlakat qishloq tumanlarining sezilarli hududini egallab olgan "Tolibon" harakati yirik shaharlarga yurishini boshladi. Bundan tashqari, IShID radikal guruhining ta'siri ham kuchayib bormoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish