12:18 / 15.08.2016
5468

"Bavariya" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etib, Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Germaniya Superkubogi uchun kechgan bahsda "Bavariya" “Borussiya Dortmund” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 58-daqiqasida Arturo Vidal hisobni ochgan bo‘lsa, 79-daqiqada Tomas Myuller oradagi farqni 2taga yetkazdi.

Germaniya Superkubogi.

“Borussiya D” – “Bavariya” – 0:2

Gollar: Vidal, 58 (0:1); Myuller, 79 (0:2).

Ogohlantirishlar: Passlak, 29; Dembele, 39; Rode, 61 – Martines, 10; Riberi, 29; Alonso, 29.

Manba: Tribuna.Uz

Top