01:39 / 15.08.2016
20237

Chempionning intervyusi: "Prezidentimiz, 30 millionlik o‘zbek xalqi va oila a'zolarim meni qo‘llab-quvvatlab turishganini bilardim"

Rio-2016 olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasiga ilk oltin medalni olib bergan bokschi Hasanboy Do‘stmatov chempionlikdan keyingi ilk intervyusini berdi.

“Qalbimdan kechayotgan barcha hissiyotlarimni izohlab berish juda qiyin. Men juda ham baxtliman va oltin medal taqishimni intiqlik bilan kutyapman.

Avvalam bor, men o‘z yurtimga bo‘lgan cheksiz muhabbatimni izhor etaman. Chunki bilaman, mening oilam, davlatimiz rahbari va butun xalqim O‘zbekistonda kech bo‘lganiga qaramay, bu onlarni tomosha qilishmoqda. O‘ttiz million inson bu lahza kelishini kutdi.

Bilaman, oilam mening bu yutug‘imdan juda ham xursand. Chempion bo‘lganimdan benihoya hayajondaman. Olimpiada o‘yinlaridagi ajoyib tajriba uchun Rio-de-Janeyroga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman” – deydi g‘alaba onlaridan boshi ko‘kka yetgan Do‘stmatov Aiba nashriga bergan intervsida.

Bugun Rio-Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqasida birinchi final bahsi o‘tkazildi. Hasanboy Do‘stmatov Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Rivasni 3 raundlik jang natijasida ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi va oltin medal sohibiga aylandi.

Kumush medal Martinezga, bronza medallar esa amerikalik Migel Ernandes va kubalik Argilagosga topshirildi.

Top