22:46 / 15.08.2016
4456

Misrda yo‘l-transport hodisasi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: © EPA

Misrning janubidagi Dakaxliya viloyatida ikkita avtobus to‘qnashishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Misr sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda AFP agentligi xabar bermoqda.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra,  yana 16 kishi jarohat olgan, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Voqea joyi Qohiradan 100 km uzoqlikda joylashgan. 

Yo‘l-transport hodisasi sabablari ma'lum qilinmagan.

Top