Afg‘onistonda "Tolibon" harakati yetakchilaridan biri o‘zining ikki yordamchisi bilan birga yo‘q qilingan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Mulla Asmatulla Qunduz viloyatidagi jangarilar rahbari edi. U NATOning Afg‘onistondagi kuchlari o‘tkazgan amaliyot natijasida yo‘q qilingan.

"Tolibon" tomoni hozircha bu xabarga munosabat bildirgani yo‘q.