20:08 / 15.08.2016
13344

Rio-2016, boks. Shahobiddin Zoirov chorak finalga yo‘l oldi

Rio—2016 ning 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov o‘z yurishini davom ettiradi.

U nimchorak finalda amerikalik Antonio Vargasga qarshi ringga chiqdi va raqibini dastlabki ikki raunddayoq mag‘lub etib, chorak final masalasini hal qildi.

Shahobiddin Zoirov turnirdagi ishtirokini 1/16 finaldan boshlab, birinchi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

U chorak final jangini 17 avgust kuni Ozarbayjon vakili Mamishzoda Yelvinga qarshi o‘tkazadi.

Top