08:06 / 15.08.2016
6618

Rossiyaga tegishli shatakka oluvchi kema Yaponiya sohillari yaqinida cho‘kib ketdi

Foto: © RIA

Rossiyaning shatakka oluvchi "Reydovyy" kemasi Yaponiya sohillari yaqinidagi Sangar bo‘g‘ozida cho‘kib ketdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Kema Janubiy Koreyaga ta'mirlash uchun olib ketilayotgan bo‘lgan, uning bortida ekipaj bo‘lmagan.

"Sangar bo‘g‘ozida kema yoniga og‘ib, cho‘kib ketgan. Yaponiya va Rossiya hukumati bundan xabardor qilingan", deyilmoqda xabarda.
 
Kema suv sathiga olib chiqilmaydi, chunki bo‘g‘ozning kema cho‘kkan joyida chuqurlik ancha kattadir.

Top