Germaniya va Rossiya turli mulohazalarga qaramay, o‘zaro muloqotni davom ettirishi lozim.
Bu haqda, Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer bayonot bergan.
"Biz munosabatlarimizdagi inqirozni ortda qoldirganimiz yo‘q, - degan u. – Biroq, Germaniya va Rossiya bir-biridan yuz o‘girish o‘rniga o‘zaro muloqotni qo‘llab-quvvatlashi lozim".
Shtaynmayyer yaqin yillarda Rossiya va YeI munosabatlarining yaxshilanishiga ishonch bildirmoqda.








