08:38 / 15.08.2016
5231

Turkiya va Suriya chegarasida xudkush avtobusni portlatishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Arxiv surat

Suriyaning Turkiya bilan chegarasi yaqinida joylashgan Atma qishlog‘ida terrorchi-xudkush avtobusni portlatishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 25 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, avtobusda asosan "o‘rtamiyona muxolifat" deb ataluvchi Ozod Suriya armiyasi jangchilari bo‘lgan.  

Turkiyaning Anadolu axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash Atma qishlog‘i yaqinidagi chodirli lagerda sodir etilgan.

Mavzuga oid
Top