16:43 / 15.08.2016
3752

Turkiyaning Chinar shahrida yuz bergan portlash tufayli bir necha kishi jarohatlandi

Turkiyaning Diyorbakir viloyati hududidagi Chinar shahrida portlash yuz berishi oqibatida bir necha kishi jarohatlangan. Dogan agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:10da transport yo‘lida ro‘y bergan.

Hürriyet agentligi xabariga ko‘ra, jabrlanuvchilar soni boshqa xabarlarda aytilayotganidan ko‘ra ko‘proq.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan.

Voqea joyiga politsiyachilar va tez tibbiy xizmat xodimlari yetib kelishgan.

Haberturk telekanali bu portlash Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan sodir etilganini taxmin qilgan.

Top