08:40 / 16.08.2016
4505

Yamandagi "Chegara bilmas shifokorlar" shifoxonasiga zarba berilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Yamandagi "Chegara bilmas shifokorlar" shifoxonasiga zarba berilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, kamida 19 kishi yaralandi. Bu haqda tashkilot o‘z tvitterida ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida tashkilotning bir xodimi ham bo‘lgan. 

Shifoxona Yamanning shimolidagi Hoja viloyatida joylashgan bo‘lib, bu hudud hukumatga qarshi kurashayotgan isyonchilar tomonidan nazorat qilinadi.  

Avvalroq aviazarba Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari tomonidan berilgani ma'lum qilingandi.

Top